Cheap flights from Tashkent to - Kyiv from 27 USD UAH - SkyUp Airlines
Wait

Toshkentdan (TAS) Kiyevga (KBP) arzon parvozlar

Toshkent-Kiyev aviachiptalarini 12 to'lovgacha muddatli toʻlov asosida xarid qiling

Kyiv

Kiyev Ukrainaning poytaxti bo‘lib, qadimiy arxitekturaga ega tosh yotqizilgan ko‘chalari, yam-yashil bog‘lari, shinam maydonlari va yodgorliklari, jumladan, Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan ham balandroq bo‘lgan- Ona-Vatan monumenti bilan sayohatchilarni o‘ziga maftun qiladi. Shaharda bir-biriga teskari narsalar chambarchas bog'lanib ketgan: Evropaning eng qisqa markaziy ko'chasi - Kreshatik, tarixi 1000 yildan ortiq bo'lgan Vladimirska ko'chasi, ukrain barokkosi uslubidagi Mariynskiy saroyi, River Mall, Dream Town, Okean Plaza kabi yirik savdo markazlari, shuningdek, dunyodagi eng chuqur metro bekati-“Arsenalna”. Ushbu megapolisni o'zingiz uchun kashf eting,  SkyUp esa sayohatingizning yaxshi boshlanishi haqida g'amxo'rlik qiladi.

— Aviakompaniya veb-saytida: parvoz uchun bepul onlayn ro'yxatdan o'tish

— Tariflarning qulay tanlovi: Basic (9 kg gacha qo'l yuki), Standart (barcha qo'shimcha xizmatlarga 10% chegirma, 9+5 kg qo'l yuki va 23 kg bagaj), Flex (o'rindiqlarni bepul tanlash, barcha qo'shimcha xizmatlarga 20% chegirma, qo'l yuki 9+9 kg va bagaj 32 kg)

— Shaxsiy kabinetda qo'shimcha xizmatlarni xarid qilish mumkin: samolyotda ovqatlanish, qo'shimcha bagaj, o'rindiq tanlovi, hayvonlarni tashish va hakazo.

— Yetakchi keytring agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazali SkyUp menyusi- haqiqiy restorandagi kabi mazalidir. Buyurtma: bron qilish vaqtida yoki shaxsiy kabinetda, lekin jo'nashdan kamida 32 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.

Kiyev-Yevropaning kashtanlar poytaxtidir

Kashtanlar - Kiyevning norasmiy, ammo e'tiborga molik ramzidir. Aynan ushbu daraxtlar o'nlab yillar mobaynida shaharning asosiy tomiri bo'lgan-Kreshatikga chiroy bergan. Ular shuningdek, uning ko'plab bog'lari va maydonlaridan joy olgan.  May oyida havo, kashtan gullarining mayin ifori bilan to'lib- toshadi, yam-yashil daraxt barglari esa butun yoz davomida to kuzgacha salqin soya beradi. Kiyev shahar kengashi joylashgan 36-sonli uyning old qismida: kashtan daraxtining bronza shaklini ko'rishingiz mumkin.

Shahargacha qanday yetib olsa bo'ladi?

Aeroportdan shahar markaziga borishning uchta yo'li mavjud:

— “Borispol Kiyev Express” tezyurar poyezdida - chipta narxi 3$*.

— Aeroport tomonidan taqdim etilgan Skybus - chipta narxi 1,8$*.

— Taksi – yo'l kira 12$ dan* boshlanadi.

Borib ko'rishga arziydi

1-2 kun ichida Kiyevning barcha diqqatga sazovor joylarini aylanib chiqishning iloji yo'q, ular juda ko'p. Asosiy ob'ektlar sirasiga:  Nezalejnost Maydoni, Kreshatik, Kiyev-Pechersk Lavrasi, Xalqlar do'stligi arkasi joylashgan Vladimir tepaligi, shuningdek, Ximerali uy - hayoliy hayvonlar va qahramonlar haykalchalari bilan bezatilgan neogotik uslubdagi binoni ajratib ko'rsatish mumkin. Shuningdek quyidagilarni borib ko'rishni tavsiya qilamiz:

— Ko'cha-muzeyga aylangan Andreevskiy Spusk. Undan yuqorilab borar ekansiz, bir ko'cha Muzeyiga va Bulgakov muzeyiga tashrif buyuring, g'ayrioddiy art-kafeda qahva iching va ko'cha rassomlari san'atidan zavqlaning. Mahalliy suvenir do'konlarida albatta qiziqarli narsalarni topa olasiz. Andreevskiy Spuskning asosiy durdonasi-bu barokko uslubidagi Avliyo Andrey cherkovi bo'lib, uning loyihasi me'mor- V. Rastrelli  tomonidan ishlab chiqilgan. Qal'a tepaligidan yuqoriroqda, 30 yil oldin qurilgan shaharning o'ziga xos dahasi bo'lgan- Vozdvizhenkani ko'rishingiz mumkin, u yerdagi uylarning aksariyati faqat kafe, restoran va do'konlar uchun foydalaniladi. Bu yerda shuningdek: haykallar o'rnatilgan bog' va gap-so'zlarga qaraganda arvohlar yashaydigan “Richard bog'i” bor.

— Obolonskiy ko'rfazi- hotirjam sayrlar uchun eng mos joy. Uning bir tomonida kottejlar, restoranlar va pablar, boshqa tomonida esa- Obolonskiy ko'rfazi joylashgan. Bu yerda kechalari: chiroqlar yorug'ida tovlanayotgan Dnepr to'lqinlaridan zavqlangan holda sayr qilish o'zgacha romantika bag'ishlaydi.

— Kiyev otchopari- bu yerda siz ot minishingiz, tribunalardan ot sporti musobaqalari va ko'rgazmalarni tomosha qilishingiz mumkin. Agar istasangiz, poygalarga pul tikishingiz ham mumkin.

— Ar-Raxma- Kiyevdagi birinchi va yagona masjid bo‘lib, qurilishi 2009 yilda yakunlangan. Bu erda juma kunlari- juma namozi o'qiladi, Ramazon Bayrami va Qurbon hayiti kunlarida bayram marosimlari o'tkaziladi. Ibodadxona bir vaqtning o'zida 3000 tagacha e'tiqod qiluvchilarni sig'dira oladi.

Qayerda tursa bo'ladi?

Kiyevda 3500 dan ortiq mehmonxonalar mavjud bo'lib, shuning uchun bu erda turar joy tanlovi deyarli chegaralanmagan. Hamyonbop, ammo shinam mehmonxonalardagi standart ikki kishilik xonalarning narxi 11$* dan, oilalar uchun takliflar narxi esa 19$* dan boshlanadi. Deluxe xonalar $32* dan boshlanadi. Mashhur mehmonxona majmualarida: barcha qulayliklarga ega xonalar va apartamentlar uchun takliflar o'rtacha 90-100$* bo'lishi mumkin.

Yana yaqin- atrofda, qayerga borsa bo'ladi?

Belaya Tserkov shahridagi “Aleksandriya” Dendroparkiga sayohat qilish qiziqarli bo'lishi mumkin. Bu yerda harorat , hatto yozda ham daraxtlarning ko'pligi va Ros daryosidan ajraluvchi namlik tufayli qulay bo'ladi. Bu erdagi : Xitoy ko'prigi, baland qarag'ay daraxtlari bo'lgan maysazor, Oy ustuni, Shiypon, Rotunda, zambarak va uning o'qlari haykali o'rnatilgan Paliy tepaligi kabilar sayyohlarning sevimli joylaridir.

Toshkent — Kiyev aviachiptalarini sotib olish

Toshkent — Kiyev aviachiptalarini SkyUp Airlines saytida sotib olish mumkin. Saytga o'ting va kerakli sanani tanlang.

*Matnda keltirilgan barcha narxlar e'lon qilingan vaqtda dolzarbdir

description-img

SkyInterior

We at SkyUp want your trip to be comfortable and beautiful, and that you completely relax, forget about any worries and set out to relax already in the cabin.

SkyInterior on our sides SkyUp is one of the reasons why it is so pleasant and comfortable to fly with us. This is an integrated approach to the design of the aircraft cabin, which is based on the principles of ergonomics, rationalism and, of course, comfort.

aircraft interior
aircraft interior
aircraft interior
  • In the design of the interior panels of the cabin there are no sharp corners, it creates additional protection;
  • There are comfortable LED backlights for reading;
  • Recessed buttons to call the flight attendant make it impossible to accidentally call;
  • Inside, the new configuration of luggage racks is more spacious and comfortable.

The main and really impressive effect, which is noted by absolutely everything - is the multi-colored interior lighting, which is selected depending on the phase of flight. The colors change very smoothly within a few minutes and create an inconspicuous calming and relaxing effect during the flight.

In the night phase of the flight, the light is turned off; for comfort, only the pleasant blue Sky Skylight remains, which somewhat resembles the light of the moon. At dawn, when the time to wake up, the color of the backlight changes to orange-pink - the color of the rising sun.

SkyUp offers to enjoy the comfort of modern lounges and feel the incredible emotions during the flight. After all, the journey must begin beautifully, do you agree?

Subscribe and be the first to get our best deals. By subscribing, you agree to the terms of our privacy policy.